Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Bugun, 12-may kuni Urganch davlat universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyat kengashi raisi Gulsara Kurbanbayevaning universitet talaba-yoshlari bilan samimiy suhbatlashdi.

Uchrashuv avvalida, UrDU birinchi prorektori S.Davletov bugungi kunda mamlakatimizda  yoshlarga oid amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida toʻxtaldi.

Shundan soʻng, Gulsara Kurbanbayeva oʻzining ish faoliyati, hayot yoʼli haqida atroflicha maʼruza qilib, yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.

Muloqot davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. 

urdu.uz, Rahbar va yoshlar uchrashuvi

urdu.uz, Rahbar va yoshlar uchrashuvi

urdu.uz, Rahbar va yoshlar uchrashuvi

urdu.uz, Rahbar va yoshlar uchrashuvi