Bugun sana munosabati bilan Urganch davlat universiteti “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yoshlar bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir” mavzusida yoshlarning ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada Urganch, Xiva, Yangibozor, Gurlan, Qo‘shko‘pir tumanlari maktab o‘quvchilari, viloyat “Barkamol avlod” o‘quvchilari, Xorazm viloyati “SOS” bolalari, Urganch davlat universiteti Pedogogika, Xorijiy filologiya va Texnika fakulteti talabalari, TTAUF talabalari o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etdila. Ushbu koʻrgazma 500 dan ortiq kuzatuvchilarning eʼtiborini tortdi.
Ko‘rgazmada ishtirok etgan barcha o‘quvchi va talabalar sertifikat va sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar.