Joriy yilning 23-may kuni UrDU Filologiya fakulteti tashabbusi bilan Alisher Navoiy ijodini, boy adabiy merosini chuqur oʻrganish, uning asarlari mazmun-mohiyatini teran anglash maqsadida universitet talabalari ishtirokida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan "Navoiyxon talaba" ko‘rik- tanlovining navbatdagi soni tashkil qilindi.
Tadbirda Filologiya fakultetining 4 nafar talabasi 3 ta shart asosida o'zaro kurashdilar. Tanlov ishtirokchilari orasidagi savol-javob, bahs-munozaralar va talabalar tomonidan o'qilgan Alisher Navoiy lirikasidan namunalar hamda talabalarning badiiy chiqishlari orqali oʻziga xos koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.
Badiiy qism Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 207-guruh talabalarining chiqishlari, shoir hayotiga bagʻishlangan sahna koʻrinishi hamda Navoiy ijodiga mansub gʻazallarga bastalangan kuy-qoʻshiq va go'zal raqslar bilan yanada jonli tus oldi.
Tanlov natijalariga ko'ra quyidagi talabalar g'oliblikni qo'lga kiritdi:
1-o'rin: Sobirboyeva Sohiba (O'zbek tili ta'lim yo'nalishi 206-guruh talabasi);
2-o'rin: Qurbonova Gulasal (O'zbek tili ta'lim yo'nalishi 221-guruh talabasi);
3-o'rin: Polvonnazarova Dilnura (O'zbek tili ta'lim yo'nalishi 204-guruh talabasi).
Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib, tanlov g'oliblari diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.