Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini nazorat-tahlil qilish maqsadida joriy yilning 23-25 may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ishchi guruhi, xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zolari D.Aripov, Sh.To‘xtashev, M.Valiyev hamda Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi M.Ibragimovlar tomonidan Urganch davlat universitetida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati oʻrganildi.