Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish, tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga doir keng koʻlamli ishlar qilinmoqda.
Urganch davlat universitetida nogironligi bor talabalar uchun qator imtiyozlar mavjud. Ular uchun alohida imtiyoz asosida stipendiya, oilaviy ahvoli ogʻir talabalarga moddiy yordam, yotoqxonadagi maxsus sharoitlar, kutubxona maxsus adabiyotlar bilan taʼminlanganligi shular jumlasidandir.
Xususan, Fizika-matematika fakultetida bugungi kunda 21 nafar imkoniyati cheklangan yoshlar tahsil oladi. Ushbu talabalar sifatli taʼlim olishlari uchun fakultetda yaratilgan sharoitlar, turli sport mashgʻulotlari, koʻngilochar tadbirlar muntazam oʻtkazilayotgani eʼtiborga molik.
Bugun fakultet dekani Jumanazar Xoʻjamov imkoniyati cheklangan talabalar bilan uchrashib, dildan suhbat qurdi. Oʻz tavsiyalarini berdi. Suhbatda alohida taʼlimga ehtiyoji bor yoshlarga universitetda yaratilgan sharoitlar haqida soʻzlab berdi. Inklyuziv ta'limni rivojlantirish, sifatli ta'lim olinishi uchun sharoitlar ko'lamini kengaytirish borasidagi ishlar haqida to'xtaldi. Oʻz oʻrnida yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.