Bugun UrDU bosh yuriskonsulti Sh. Atayev tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Xorazm viloyat Ma'muriy sudi raisi J.Sultonova, sudyalar D.Yusupov X.Xodjayev, Urganch tumanlararo ma'muriy sudi sudyasi S.Allaberganov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshligʻi H.Shihova, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva hamda "Qizlarjon" klubining faol talaba-qizlari ishtirok etdi.
Muloqotda sudyalar tomonidan bugungi kunda yurtimizda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar huquqlarini himoya qilish masalasiga qaratilayotgan e’tibor, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar huquqlarini sud tomonidan himoya qilinishi, xalqaro standartlar va milliy qonunchilik, Odil sudlovni ta’minlash- xalq farovonligining muhim sharti, Ma’muriy sudlarga taalluqli masalalar, Ma’muriy sud ishlarini yuritish vazifalari singari masalalar yuzasidan turli taqdimotlar orqali maʼruzlar qilindi. Uchrashuv yakunidan talaba-qizlar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.