2023-yil 30-may kuni Urganch davlat universiteti Kengashining 10-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Yigʻilish avvalida ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilar, jumladan:
Xorijiy filologiya fakulteti "Fakultetlararo chet tillar" kafedrasi o'qituvchilari Gulshoda Xodjayeva va Matluba Yoqubovalarga PhD diplomlari;
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichi gʻoliblari Texnika fakulteti talabalari Og‘abek Xamrayev, Elbek Raximov va Kimyoviy texnologiya talabasi Shahzod Matchanovlarga sertifikatlar;
"Yangi O'zbekiston: Ilm qaldirg'ochlari - 2023" II-Respublika ko'rik-tanlovida faxrli 1-o'rin sohibi, Texnika fakulteti Arxitektura ta’lim yo‘nalishi 201-guruh talabasi Elbek Raximovga diplom;
Universitetning “Viloyat hokimi stipendiyasi” uchun tanlovdan oʻtgan talabalariga sertifikatlari samimiy tilaklar ila tantanali topshirildi.
Shundan soʻng, Kengash yigʻilishi kun tartibidan oʻrin olgan masalalar yuzasidan oʻz ishini davom ettirdi.