Bugun, 31-may kuni Urganch davlat universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Sanjarbek Davletov universitet magistr va doktorantlariga “Yangi O‘zbekiston islohotlari: konstitusiyaviy o‘zgarishlar mazmun-mohiyati” mavzusida maʼruza mashgʻulotini olib bordi.
Dars davomida talabalar mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yanada oshirish maqsadida keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, O’zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyaviy qonuni mazmun-mohiyati, unga kiritilgan oʼzgartish va qoʼshimchalar haqida bilimlarga ega boʻldilar.