Xabaringiz bor, 2-iyun kuni har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan "Rektor kubogi" musobaqasining futbol boʻyicha yigitlar oʻrtasida, voleybol boʻyicha esa qizlar oʻrtasidagi bahslariga start berilgan edi.
Joriy yil 6-iyun kuni mazkur bahslarining yakuniy, yaʼni futbol boʻyicha final oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Unda Jismoniy madaniyat hamda Tabiiy fanlar fakultetlarining jamoalari qizgʻin va murosasiz bahs olib borib, Jismoniy madaniyat fakulteti jamosining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Yakuniy natijalarga koʻra, “Rektor kubogi”ning futbol boʻyicha musobaqalarida
1-oʻrin- Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi
2-oʻrin- Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi
3-oʻrin- Iqtisodiyot fakulteti jamoasiga nasib etdi.