Yoshlar qalbida milliy urf-odatlarimiz hamda qadriyatlarimizga bo‘lgan mehr -muhabbatni kuchaytirish, talaba-qizlarning estetik didini o‘stirish va milliy liboslarimizga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” shiori ostida oʻtkazilayotgan festivalning 2-kuni boʻlib oʻtdi.
Milliy liboslar ko'rgazmasi va milliy urf- odatlar bagʻishlangan tadbirda talabalar xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam bo‘lgan hozirgi kundagi milliy liboslar jozibasini hamda etnografik urf-odatlarni namoyish etdilar.