Bugun 12-Xorazm saylov okrugi komissiyasi raisi Baxrom Abdullayev va Xorazm viloyatidagi oʻquvlarni muvofiqlashtirish shtabi kotibi Sanjarbek Davletovlar Shovot tumanidagi saylov uchastkalarida boʻldilar.
Tashrif asnosida saylov uchastkalarining saylov jarayonlariga tayyorgarlik holatini koʻzdan kechirib, Respublika va hududiy trenerlari tomonidan olib borilayotgan oʻquv mashgʻulotlari bilan tanishdilar hamda tinglovchilar bilan muloqotda boʻldilar.