Ayni kunlarda Urganch davlat universitetining barcha magistratura mutaxassisliklarida tahsil olgan bitirivchilarning Respublika OTM laridan kelgan DAK raislari boshchiligida himoya jarayonlari oʼtkazilmoqda.
Mazkur himoya jarayonlarida magistrantlar ikki yil davomida olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan o‘z magistrlik dissertatsiyalari maxsus komissiya a'zolari oldida himoya qilinmoqda.
Bugun, 10-iyun kuni “Biologiya” kafedrasidagi himoya jarayonlarida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev ishtirok etdi.
Universitetimizda magistrlik dissertatsiyasi himoyalari barcha mutaxassisliklarda davom etadi.