Urganch davlat universitetida tashkil etilgan doimiy badiiy koʻrgazmaning kolleksiyasi yangilandi

Joriy yil iyun oyida koʻrgazmaga qoʻyilgan rassomchilik ishlari Pedagogika fakulteti Rangtasvir (Dastgohli) yoʻnalishi professor-oʻqituvchilari va talabalarining ijodiy namunalaridir.

Ijodiy ishlari namoyish etilayotgan rassomlar orasida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi aʼzolarining yangi ijodiy ishlari ham bor. 

 “Yoshlar oyligi” munosabati bilan oʼz kolleksiyasini yangilangan Urganch davlat universitetining Badiiy koʻrgazmalar zalidan oʻrin olgan rassomchilik ishlari talabalarning ma'naviy olamini shakllantirish, dunyoni estetik anglash, milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni chuqurroq his qilishga qaratilgan boʻlishi bilan birgalikda, yoshlarning isteʼdodlarni yuzaga chiqarishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida tashkil etilgan doimiy badiiy koʻrgazmaning kolleksiyasi yangilandi