Shu kunlarda mamlakatimizda 30-iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistan yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, 12-17 iyun kunlari "Intellektual haftalik” deb e’lon qilindi.
2023-yil 12-iyun sanasida "Zakovat intellektual klubi" NNT va Urganch davlat universiteti hamkorligida universitet faol talabalari bilan mahalla yoshlari ishtirokida "Zakovat Quiz" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Turnirda 30 ta jamoa tarkibida 240 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etishdi. 8 ta round davom etgan "Zakovat Quiz" o‘yini yakuniy natijalariga ko‘ra Tarix fakultetining "Feniks UrDU" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
“Intellektual haftalik” doirasidagi turnirlarimiz davom etadi.