Mahalla raislari ishtirokida sayyor seminar bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyatida mahalla raislari (oqsoqollari) uchun o‘tkazilayotgan malaka oshirish o‘quv kurslari doirasida bugun, 15-iyun kuni Urganch davlat universitetida sayyor seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati haqida, Tabiiy fanlar fakulteti dekani X.Polvonov oliy ta’limga qabul jarayonlari tartibi, yoshlar uchun imtiyozlar yuzasidan mashg‘ulot olib bordilar.

Sayyor seminardan so‘ng, mahalla raislari universitet bilan yaqindan tanishdilar, shuningdek, rasmlar galereyasidagi yangi kolleksiyani ham tomosha qildilar. 

urdu.uz, Mahalla raislari ishtirokida sayyor seminar bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Mahalla raislari ishtirokida sayyor seminar bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Mahalla raislari ishtirokida sayyor seminar bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Mahalla raislari ishtirokida sayyor seminar bo‘lib o‘tdi