2023-yil 20-iyun kuni Urganch davlat universitetida Bioinjeneriya va oziq-ovqat fakultetining 1-3 kurs talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Unda UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov soʻzga chiqib, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish, oliy taʼlim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, universitetda “Yoshlar oyligi” doirasida olib borilayotgan ishlar maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish borasidagi muhim masalalar haqida soʻz yuritdi.
UrDU rektori maslahatchisi R.Sharipov yoshlar orasida uchrashi mumkin boʻlgan turli yot va buzgʻunchi gʻoyalarni oldini olish boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirdi, yoshlarga bu borada tegishli tavsiyalar berdi.
Uchrashuv erkin muloqot tarzida oʻtib, unda talabalar savollariga javoblar oldilar.