Bugun, 21-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita vakili A.Palvanov, UrDU Birinchi prorektori S.Davletov hamda rektor maslahatchisi R.Sharipovlar universitet Madaniyat saroyida talaba-yoshlar bilan uchrashib, din va vijdon erkinligi masalalari, bugungi tahlikali zamonda yoshlarning turli yot gʻoyalarga taʼsiriga tushib qolmasligi, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi, internet va uyali aloqa vositalaridan to'g'ri foydalanish madaniyati borasida maʻruza qildilar.
Shundan soʻng, Oʼzbekiston Kinomatografiya agentligi tomonidan taqdim qilingan «Ayol qismati» kinofilmi UrDU Pedagogika fakulteti talabalari e'tiborida bo‘ldi.
Filmning universitet barcha fakultetlari talabalari va professor-o‘qituvchilariga namoyishi davom etadi.