Bugun, 22-iyun kuni Oʼzbekiston Kinomatografiya agentligi tomonidan taqdim qilingan «Ayol qismati» kinofilmining navbatdagi namoyishi Tabiiy fanlar fakulteti talabalari eʼtiboriga havola etildi.
Taqdimot avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita vakili A.Palvanov, UrDU Birinchi prorektori S.Davletov hamda rektor maslahatchisi R.Sharipovlar talaba-yoshlar bilan muloqot olib borib, ularni turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslikka, doimo ogoh boʻlishga chaqirdilar.
Filmning universitet barcha fakultetlari talabalari uchun namoyishlari davom etadi.