Joriy yil 11-aprel kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Urganch davlat universitetiga Shovot tumanida yashovchi qizil toifaga kiruvchi yoshlar biriktirilgan edi.
Bugun, 22-iyun kuni universitet rektori Baxrom Abdullayev Birinchi prorektor Sanjar Davletov bilan birgalikda UrDUga biriktirilgan yoshlardan biri, Salayeva Jahon Shuxrat qizining xonadonida bo‘ldi.
Jahon Salayeva Shovot tumani “Qangʻli” mahallasida istiqomat qiladi. Hozirgi kunda uyida ikki nafar farzandini tarbiyalamoqda. Tashrif doirasida uning qiziqishi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, oʻzini –oʻzi bandligini taʼminlash maqsadida tikuv mashinasi taqdim qilindi.
Universitet rektorining yoshlar xonadonlariga tashrifi davom etadi.