Ochilish marosimida UrDU rektori Baxrom Abdullayev ishtirok etib, vodiylik talabalarni Xorazmga, universitetga tashrifidan mamnuniyatini izhor etdi. Ushbu festival Urganch davlat universiteti hamda Farg'ona politexnika instituti oʻrtasidagi doʻstlikni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdi. Universitetning bugungi kundagi faoliyati, ayniqsa, yoshlarning erishib kelayotgan yutuqlariga alohida toʻxtaldi.
Shundan soʻng, Farg'ona politexnika instituti delegatsiyasi rahbari, mazkur institutning yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Behzod Abduhalilov soʻzga chiqib, iliq mehmondorchilik uchun minnatdorchilik bildirdi va Farg'ona politexnika instituti rassom talabalari tomonidan chizilgan, har ikki oliygoh tasvirlangan suratni esdalik sifatida taqdim qildi.
Talaba-yoshlarni xalqaro ilmiy-tadqiqot tajribasi va global ta'limdagi rolini va mobilligini oshirish, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish, o'zaro tajriba almashish, ilmiy va madaniy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, qolaversa, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida o'tkazilayotgan ushbu festival Urganch davlat universiteti hamda Farg'ona politexnika instituti talabalarini birlashtirishga va o'zaro do'stlik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.