Festivalning ochilish marosimi Urganch davlat universiteti rahbariyati va festival ishtirokchilarining ochiq muloqotiga ulanib ketdi.
Unda UrDUning barcha prorektorlari qatnashib, oʻz yoʻnalishlari doirasida Urganch davlat universitetida amalga oshirilayotgan ishlar haqida mehmonlarni tanishtirdi. Oʻz navbatida fargʻonalik talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi. Talabalarning savollari, asosan, xorijiy grant loyihalar, amaliyot jarayonlari, talabalarni boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlarga qaratildi.
Erkin va qizgʼin tus olgan muloqot mobaynida har ikkala oliygoh talabalari oʼzaro fikr almashish imkoniga ega boʼlishdi.
Eslatib oʼtamiz, ushbu festivalda 10 dan ortiq xorijlik, Fargʻona politexnika institutidan 40 nafar shuningdek, Urganch davlat universiteti hamda viloyatdagi boshqa oliy ta’lim muassasalaridan talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.