"Global ta'lim va yoshlar" nomli xalqaro talabalar festivali ishtirokchilari Urganch davlat universitetining moddiy texnik bazasi bilan tanishishni boshlashdi. Ilk manzil Tabiiy fanlar fakultetining Kimyo laboratoriyasi boʻldi. Mehmonlarni fakultet professor-oʻqituvchilari laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.
Shundan so'ng festival ishtirokilari Urganch davlat universitetining Kimyoviy texnologiyalar fakultetida bo'lishdi. Fakultet rahbariyati va o'qituvchilari mehmonlarni iliq qarshi oldi. Talabalarga fakultet professor-o'qituvchilarining ilmiy-innovatsion loyihalari ko'rgazmasi namoyish etildi. Ayni paytda olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar haqida ma'lumot berildi.
Mehmon talabalar universitet bo'ylab sayohatlari davomida Texnika fakultetiga ham tashrif buyurishdi. Fakultetning "Transport tizimlari" kafedrasiga qarashli Mashina detallari, Transport vositalarining elektr jihozlari, Qishloq xo'jalik mashinalari konstruksiyalari kabi fan laboratoriya xonalarining jihozlanishi bilan yaqindan tanishdilar. Laboratoriyalarning jihozlanishi, ayniqsa, Farg'ona politexnika instituti talabalarining e'tiborini tortdi. Shuningdek, fakulteti hududidagi Axborot-resurs markazi bilan ham tanishdilar.