2023-yil 26-iyun sanasida Urganch davlat universiteti Kengashining navbatdagi 11-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Har galgi an'anaga muvofiq, Kengash yigʻilishi avvalida yutuqlar e'tirof etilib, rektor universitetning bir guruh professor-oʻqituvchilariga Professor, Dotsent va PhD diplomlarini topshirildi.
"Ilhom" mukofoti mutloq sohibi, "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi oʻqituvchisi A.Otaboyevga, "Munozara" Respublika tanlovining 2-o'rin sohiblari bo'lgan "Xorijiy o'zbeklar" jamoasi a'zolari va Yoshlar yetakchisi A.Samandarovga hamda "Universiada" sport musobaqalarida 2-o'rinni qo'lga kiritishda qo'shgan hissalari uchun Jismoniy madaniyat fakulteti rahbariyatiga Tashakkurnoma va Diplomlar topshirildi.
Shundan so‘ng, Kengash yig‘ilishi kun tartibidagi turli xil masalalar bilan o‘z ishini davom ettirdi.