Hurmatli jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari!

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan barcha jurnalist, bloger va ommaviy axborot vositalari xodimlarini Urganch davlat universitetining koʻp ming sonli jamoasi nomidan muborakbod etaman.

Siz matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari sifatida jamoatchilik fikrini shakllantirish, axborot tarqatish va so‘z erkinligini ta’minlashda ajralmas rol o‘ynayapsiz. 
Xalqimizni tezkor va ishonchli axborot bilan ta’minlash borasida olib borayotgan ishlaringiz eʼtirof va ehtiromga loyiq.

Ushbu bayramda sizga mustahkam sog'liq, ijodiy parvozlar va yangi professional yutuqlar tilayman. Muvaffaqiyat hamisha yoʻldoshingiz boʻlsin. 

Baxrom Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori, 
fizika-matematika fanlari doktori