Bugun Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti faollar zalida Innovatsion rivojlanish agentligi direktori To‘ychiyev Olimjon Alijonovich universitet talabalari va magistrlari bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Talablarning muammolarini o‘rganish, ularga yechim topish, yoshlarning taklif va murojaatlarini tinglash maqsadidagi ushbu ochiq muloqotda masʼul mutasaddilar va universitet rahbariyati ishtirok etdi.
Olimjon To‘ychiyev muloqotda Innovatsion rivojlanish agentligini faoliyati haqida toʼxtaldi. Innovatsion g‘oya va startap loyihalar, grantlarning turlari, grant olish tartiblari haqida maʼlumotlar berdi.
Ushbu sayyor qabulda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari, muammo va takliflari, o‘z tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar.