Urganch davlat universitetiga biriktirilgan Shovot tumanida yashovchi, qizil toifaga kiruvchi yoshlarning xonadonlariga tashriflar davom etmoqda
2023-yilning 4-iyul kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Birinchi prorektor Sanjar Davletov bilan birgalikda Shovot tumani “ Yangi yo‘l" MFY da istiqomat qiluvchi Yashnarbek Rajabovning xonadonida boʻlishdi. Yashnarbek 2006-yilda tugʻilgan, yoshligidan surunkali kasalliklarga chalingan. Tashrif asnosida uning yashash tarzi va sogʻligi haqida oilasi bilan muloqot qilishdi, ijtimoiy ahvoli oʻrganilib, moddiy yordam berildi.
Universitet rektorining yoshlar xonadonlariga tashrifi davom etadi.