Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning Urganch davlat universitetiga biriktirilgan Shovot tumanida yashovchi, qizil toifaga kiruvchi yoshlarning xonadonlariga navbatdagi tashrifi 2023-yilning 4-iyul kuni ham davom etdi. Rektorga Birinchi prorektor Sanjarbek Davletov hamda bir guruh masʼullar hamrohlik qildi.
Bu gal mutasaddilar Shovot tumani “ Yangi yo‘l" MFY da istiqomat qiluvchi Feruzbek Xusainovning xonadonida boʻlishdi. Feruzbek 2004-yilda tugʻilgan, nogironligi bor. Tashrif asnosida uning yashash tarzi bilan yaqindan tanishdilar. Ijtimoiy ahvolini oʻrganib, sogʻligi haqida qiziqdilar. Moddiy yordam hadya qildilar. Feruzbek suhbat chogʻida kompyuter savodxonligini oshirish istagida ekanligini bildirdi, shu sababli unga mustaqil shugʻullanishi uchun sharoit yaratib beriladigan boʻldi.
Universitet rektorining yoshlar xonadonlariga tashrifi davom etadi.