Bugun, 5-iyul kuni Urganch davlat universiteti birinchi prorektori Sanjarbek Davletovning bir guruh iqtidorli talaba-yoshlar, magistrlar, doktorantlar hamda yosh olimlarga akademik maʼruzasi boʻlib oʻtdi.
Maʼruza mavzusi Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga bagʻishlandi. Xususan, mamlakatimiz boʻylab amalga oshirilganidek, Xorazm viloyatida ham keying yillarda keng koʻlamli islohotlar olib borildi. Maʼruzada ayniqsa, soʼnggi 6 yil ichida viloyatni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi. Bu borada Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 10 ta Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 39 ta qarori qabul qilinganligi taʼkidlandi.
Maʼruza yakunida ishtirokchilar oʻz fikr-mulohazalari bilan faol qatnashdilar.