Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan mazkur g‘oya bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga imkon yaratmoqda.
Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Birinchi prorektor Sanjar Davletov va bir guruh masʼullar bilan universitetga biriktirilgan Shovot tumani “Yangi yo‘l” MFY da istiqomat qiluvchi, qizil toifaga kiruvchi Lazizbek Zafarov hamda Farangiz Hamdamovalarning xonadonlarida boʻldi.
Lazizbekning surunkali kasalliklari bor, Farangiz esa nogiron. Rektor yoshlar va ularning yaqinlari bilan dildan suhbatlashdi, sogʻligi, ijtimoiy ahvolini oʻrgandi, qiziqishlari haqida soʻradi. Ular IT sohasiga qiziqadi, shu sababli uyda bo‘sh vaqtlarida kompyuter bilan shug‘ullanib, kelajakda IT mutaxassisi bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratib berishga vaʼda berildi.