Vaʼda qilingan kompyuterlar yoshlarga topshirildi

Maʼlumki, Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Birinchi prorektor Sanjar Davletov va bir guruh masʼullar hamrohligida Shovot tumanida yashovchi, qizil toifaga kiriuvchi yoshlarning xonadonlarida boʻlib, ularning yashash sharoiti va ijtimoiy holatini oʻrganib, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda bandligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshmoqda. 

2023-yil 19-iyul kuni rektor B.Abdullayev va masʻullar yana bir bor tumanning “Yangi yo‘l” MFY da istiqomat qiluvchi Farangiz Hamdamova, Yashnarbek Rajabov hamda  Feruzbek Xusainovlarning xonadonlarida boʻlishdi. 

Oʻtgan galgi tashrif mobaynida yoshlar tomonidan kompyuter savodxonligini oshirish istagi bildirilganligi hamda ularni IT sohasiga qiziqishlari balandligini inobatga olinib, uyda bo‘sh vaqtida kompyuter bilan shug‘ullanib, kelajakda IT mutaxassisi bo‘lishi uchun vaʼda qilingan kompyuterlar jamlanmasi topshirildi.

urdu.uz, Vaʼda qilingan kompyuterlar yoshlarga topshirildi

urdu.uz, Vaʼda qilingan kompyuterlar yoshlarga topshirildi

urdu.uz, Vaʼda qilingan kompyuterlar yoshlarga topshirildi

urdu.uz, Vaʼda qilingan kompyuterlar yoshlarga topshirildi