Qolaversa, abituriyentlar ota-onalarining Urganch davlat universiteti haqidagi mulohazalari hamda imtihonlarning tashkil etilishi bilan bogʻliq masalalar haqida fikrlari bilan tanishish, takliflarini o‘rganish maqsadida universitet psixologlari tomonidan so‘rovnomalar oʻtkazilmoqda. Bu, oʻz navbatida, jarayonlarni yana ochiq va ravshan, shaffof oʻtishiga zamin yaratadi.
Sinovlar oʻtkazilayotgan hududlarga xavfsizlikni ta’minlash uchun IIB hamda tibbiyot xodimlari jalb etilgan.