Bugun, 31-iyul kuni abituriyentlar Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (rubob prima, qashqar va afg‘on rubobi) (kunduzgi), Sport faoliyati: (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha) (kunduzgi), Sport faoliyati: kurash (kunduzgi) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sinovlarda ishtirok etmoqda. Reja-grafikka muvofiq 118 nafar abituriyent sinovlarda ishtirok etishi kutilmoqda.
Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, abituriyent va ularning ota-onalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida jarayonlar universitetning camera.urdu.uz/ platformasi orqali jonli efirga uzatilmoqda.
Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi farzandlariga ruhiy dalda bo‘lish istagida ular bilan hamroh bo‘lib kelgan ota-onalar ham hayajonda. Ota-onlar uchun salqin ichimliklar hamda maxsus shinam va salqin kutish joylari tashkil qilingan.
Universitet Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tayotgan imtihon jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri monitor orqali kuzatib o‘tirgan ota-onalar bilan sotsiolog-psixologlar tomonidan soʼrovnomalar oʼtkazish, ularning fikr-mulohazalari, takliflarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, UrDU “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan imtihonlar davrida turli korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari bilan “Korrupsiyasiz ijodiy imtihon” mavzusidagi targ‘ibot tadbirlari ham muntazam olib borilmoqda.