Urganch davlat universitetiga 2023-2024 o’quv yili uchun bakalavriat bosqichiga 12 nafar ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi abituriyentlar hujjat topshirgan bo’lib, ular 31-iyul 1-avgust kunlari ijodiy imtihon topshirishlari belgilangan. Bugungi jarayonlarda 10 nafar talabgor ishtirok etmoqda.
Universitetda ko'zi ojiz abituriyentlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, abituriyentlar 6 ta ta’lim yo’nalishi boʻyicha ijodiy (kasbiy) imtihon topshirishmoqda.
Abituriyentlar bugun mutaxassislik fanlaridan, ertaga esa majburiy fanlardan yozma shaklda brayl alifbosida topshirishadi.