Ayni kunlarda test jarayonlarida abituriyentlar qatorida ota-onalarning ham hayajoni cheksiz. Zero, har bir ota-ona farzandini ziyoli boʻlishi, tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim olishi, hayotda o‘z oʻrnini topishi, yurt taraqqiyotida munosib hissasi boʻlishini istaydi.
Shu jihatdan, imtihon paytida farzandini qoʻllab-quvvatlash uchun kelgan ota-onalarni kayfiyatini koʻtarish, ularni qiziqtirayotgan savollariga javob berish, yaqindan koʻmak berish Urganch davlat universiteti “Volontyorlar guruhi” aʼzolarining ayni paytdagi kundalik vazifasiga aylangan.
Volontyorlar guruhi tomonidan ko'rsatilayotgan ko'ngilli xizmatlardan ota-onalarimiz ham mamnun.