O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida bitiruvchilarni o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari tashkil etildi.
2023/2024-o‘quv yili qabulida Urganch davlat universitetining 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 269 nafar texnikum bitiruvchilari ro‘yhatdan o‘tgan.
Suhbat grafik asosida joriy yilning 14-avgustidan 16-avgustigacha boʻlib oʻtadi. Bugun suhbat jarayonlari oldidan universitet rektori Baxrom Abdullayev texnikum bitiruvchilari bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida rektor B.Abdullayev bitiruvchilarga ushbu suhbat ularning bilim salohiyatlarini aniqlash uchun oʻtkazilayotganini maʼlum qilib, har bir talabgor mazkur suhbatda qatnashishi lozimligini bildirdi. Bu borada uchrashi mumkin boʻlgan turli korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish maqsadida tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, universitet ichki tartib-qoidalari, talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishtirdi. Boʻlgʻusi talabalarni qunt bilan ilm olishga chaqirdi.