Bugun 2023/2024-oʻquv yilida Urganch davlat universitetida oʻqish istagini bildirgan va hujjat topshirgan TEXNIKUM bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari boshlandi.
Ayni vaqtda suhbat jarayonlari bakalavriatning 14 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilmoqda.
Rektor buyrug‘i bilan 9 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda Suhbat komissiyasi tarkibi shakllantirilgan.
Suhbat komissiyasi tarkibi asosiy ish beruvchi bo‘lgan tashkilotlar, idoralar mas’ul xodimlari, sohaga taalluqli texnikumning malakali o‘qituvchisi va boshqa OTMning tegishli soha bo‘yicha professor-o‘qituvchilaridan iborat tarkibda shakllantirilgan.
Suhbat grafik asosida joriy yilning 14-avgustidan 16-avgustigacha boʻlib oʻtadi.