Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda

Bugun UrDU rektor maslahatchisi R.Sharipov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Sh.Allaberganov hamda Talabalarni turar joy bilan ta‘minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi xodimlari universitetning talabalar turar joylarini yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holatini koʻzdan kechirdilar. O‘rganishlar davomida  kamchiliklar yuzasidan tegishli mas'ul xodimlarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, universitetga yaqin hududdagi ijara xonadonlari mahalla vakillari va yoshlar yetakchilari hamrohligida o'rganildi va uy sohiblari bilan yaratiladigan shart-sharoitlar yuzasidan kelishib olindi. Talaba-yoshlarni ishonchli ijara manzillariga joylashishlari, yashash davrida tartib-intizomni saqlashlari, jamiyatda yurish-turish odoblari hamda turli huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahalla faollari va xonadon egalari bilan hamkorlikda ishlashga kelishildi.

Izoh: bugungi kunda Urganch davlat universitetida 3100 sigʻimga ega talabalar turar joyi kompleksi mavjud. Shundan 800 oʻrin 1-kursga qabul qilinadigan talabalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar uchun ajratib qoʻyilgan. Qolgan 2300 oʻrin  my.urdu.uz  platformasi orqali onlayn ariza bergan talabalarga taqsimlab berildi.

urdu.uz, Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda