O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Z.Mahkamova tomonidan 2023-yilning 5-avgust kuni tasdiqlangan "Xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, radikallashuvni oldini olish ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish, jamiyatda ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi"ning 8-bandida "Oliy o'quv yurtlarining mahallalarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni o'tkazish uchun professor-o'qituvchilarni biriktirish" vazifasi belgilangan edi.
Shu munosabat bilan bugun, 21-avgust kuni universitet Madaniyat saroyida Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi hamda Urganch davlat universiteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha Maslahat kengashi hamkorligida Urganch tuman va shahar, Xiva tuman va shahar hamda Qo‘shko‘pir tumani xotin-qizlar faollari ishtirokida oʻquv seminar tashkil etildi.
Oʻquv seminarda Tarix fakulteti “Tarix” kafedrasi dotsenti Sh.Nurullayeva, “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshligʻi H.Shihova, “Tarix” kafedrasi katta oʻqituvchisi, Phd. D.Atayeva, UrDU psixologi M.Avezovalar tomonidan "Xotin-qizlar va bolalar huquqlari hamda gender tengligini ta’minlashda xotin-qizlar faolining vazifalari", "Mahalladagi xotin-qizlar faollarining normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari", "Milliy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarning oila mustahkamligidagi o‘rni", "Oilalarga psixologik yordam ko‘rsatish va sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti", "Xotin-qizlar faollari tomonidan mahallalarda ijtimoiy muammolarni o‘rganish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish hamda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi" mavzularida ma'ruzalar qilindi.
Ma‘ruza so‘nggida xotin-qizlar faollari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.