Ayni kunlarda Urganch davlat universitetida yangi 2023-2024 oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari qizgʻin tusda olib borilmoqda. Universitet binolari boʻylab yangicha zamonaviy qiyofa aks ettirilmoqda.
Ayniqsa, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonovning universitetimizga tashrifi chogʻida bergan tavsiyalari asosida tashkil qilingan “Renessans xol” talaba-yoshlar uchun oʼziga xos maʼnaviy-maʼrifiy maydonga aylandi.
Tayyorgarlik jarayonlari reja asosida yana davom etadi.