Turkiya delegatsiyasi UrDUda bo'ldi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Ebru san’ati vakili Xikmet Barutchugil boshchiligidagi delegatsiya  joriy yilning 3-sentabr sanasida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.  

Xikmet Barutchugil hamda uning 27 nafar shogirdidan iborat delegatsiya a'zolarini UrDU rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida universitet rahbariyati iliq qarshi oldi.

Turkiya delegatsiya bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda universitetning tegishli fakultet dekanlari va san’at sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Urchrashuv avvalida UrDU rektori B.Abdullayev universitet haqida ma’lumot berar ekan, Turkiya oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari tobora  rivojlanib borayotganligini mamnuniyat bilan ta'kidladi. O'z navbatida, Xikmet Barutchugil Ebru sana’tining  kelib chiqish tarixi haqida so’zlab berib, videolavha orqali taqdimot qildi. Shuningdek, Ebru san’atiga oid kitoblarni rektorga taqdim qildi.

Uchrashuvda universitet talaba va professor –o’qituvchilariga Ebru san'atini o’rgatish bo’yicha hamkorlik takliflari bildirildi. Tashrif so‘nggida UrDU rektori B.Abdullayev tomonidan mehmonlarga esdalik sovg’alari taqdim etildi.

urdu.uz, Turkiya delegatsiyasi UrDUda bo'ldi

urdu.uz, Turkiya delegatsiyasi UrDUda bo'ldi

urdu.uz, Turkiya delegatsiyasi UrDUda bo'ldi

urdu.uz, Turkiya delegatsiyasi UrDUda bo'ldi'urdu.uz, Turkiya delegatsiyasi UrDUda bo'ldi

urdu.uz, Turkiya delegatsiyasi UrDUda bo'ldi