Talaba-yoshlarning universitet hayotiga tezroq moslashishiga ko'mak berish, ularni taʼlim jarayonlari olib borilishi va Kredit-modul tizimi bilan yaqindan tanishtirish, muassasada yoshlarga yaratilgan sharoitlar haqida maʼlumotlar berish maqsadida Urganch davlat universitetining barcha fakultetlarida “Tanishtiruv haftaligi” boʼlib oʼtmoqda.
Bugun, 7-sentabr kuni Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari va Fizika-matematika fakulteti professor-oʻqituvchilari va tyutorlari tomonidan 1-kurs talabalariga universitetning ichki tartib-qoidalari, talabalarning burch va majburiyatlari, oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan masalalar yuzasidan ma'lumotlar berildi. Oʻz navbatida, talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.