Bugun, 9-sentabr kuni Urganch davlat universiteti tyutorlari uchun yangi oʻquv yilining ilk oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi. Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov, profilaktika inspektori D.Sapayev, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlari hamda universitet tyutorlari ishtirok etdi.
O'quv seminarda tyutorlik tizimining umumiy vazifalari va mas’uliyati, tyutorlar yillik ish rejalarining tayyorgarlik holati, dekan o‘rinbosarining talaba-yoshlar bilan ishlashda tyutorlar bilan hamkorligi, jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarlik profilaktikasini amalga oshirishda tyutorlarning vazifalari haqida maʼruzalar qilindi. Shuningdek, tyutorlik faoliyatini tashkil etishdagi tajribalar va muhim jihatlar muhokama etildi.