“Ayol qismati” oʻzbek milliy filmi namoyish etildi

Urganch davlat universiteti talabalari uchun Oʼzbekiston Kinomatografiya agentligi tomonidan taqdim qilingan «Ayol qismati» kinofilmi namoyishi reja-grafik asosida yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bugun ushbu film Fizika-matematika fakulteti talabalari diqqatiga havola etildi. 

Film namoyishi avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita vakili O.Egamberdiyev, UrDU Birinchi prorektori D.Ibadullayev hamda rektor maslahatchisi R.Sharipovlar talaba-yoshlar bilan uchrashib, din va vijdon erkinligi masalalari,  bugungi tahlikali zamonda yoshlarning turli yot gʻoyalarga taʼsiriga tushib qolmasligi, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi, internet va uyali aloqa vositalaridan to'g'ri  foydalanish madaniyati borasida maʻruza qildilar. 

Filmning universitet barcha fakultetlari talabalari va professor-o‘qituvchilariga namoyishi davom etadi.

urdu.uz, “Ayol qismati” oʻzbek milliy filmi namoyish etildi

urdu.uz, “Ayol qismati” oʻzbek milliy filmi namoyish etildi

urdu.uz, “Ayol qismati” oʻzbek milliy filmi namoyish etildi