Urganch davlat universiteti talaba-yoshlarining sport bilan shug‘ullanishlarini qo‘llab-quvvatlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, bu borada oliygohda zarur sharoitlar yaratish maqsadida Urganch tumani “Mustaqillik” ko‘chasida joylashgan Kimyo-texnologiya fakulteti hududida 7-son talabalar turar joyi binosi yonida kichik sport maydonchalarining qurilish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda ushbu hududda Mini-futbol, Basketbol, Voleybol, Badminton, Gandbol hamda ochiq turdagi gimnastika maydonchalarining qurilish ishlari yakuniga yetmoqda.
14-sentabr kuni UrDU rektori B.Abdullayev quruvchilar va bir guruh masʼullar hamrohligida qurilish-taʼmirlash ishlarini borib koʻrdi.