Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish borasidagi aniq vazifalar ijrosi Urganch davlat universitetida tizimli amalga oshirildi.
Muassasada qayta tiklanuvchi energiya manbalari oʻrnatish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. 2023-yilda ushbu dasturga asosan, 1650 kVt oʻrnatish reja qilindi va muqobil energiya manbalari joriy etish ishlari muddatidan avval yakunlandi.
Bosh o‘quv-laboratoriya binosi, Pedagogika, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, Texnika, Sport va sanʼat, Kimyoviy texnologiyalar fakultetlari binosi, talabalar turar joylari va universitet oshxonasining tom qismlariga jami 1930 kVt quyosh panellari oʻrnatilib, reja ortigʻi bilan bajarildi.