Film namoyishi avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita vakillari tomonidan yoshlar uchun ibratli maʼruzalar qilindi.
Ushbu badiiy filmda «Mehr» operatsiyasi doirasida Suriyadan olib kelingan ayollardan birining ayanchli taqdiri «Sojida» timsolida juda taʼsirli yoritilgan. Filmning mazmun-mohiyatida inson qadri, Vatan sog‘inchi, tinchlik va farovonlikning qanchalik bebaho neʼmat ekanligi to‘liq ochib berilgan.
Eng muhimi, voqealar jonli va taʼsirchan tarzda tomoshabinga yetkazilgan. Filmdagi daxshatli voqealar, to‘g‘ri yo‘lidan adashganlar qismati yoshlarga namuna sifatida Urganch davlat universitetining barcha fakultetlari talabalari va professor-o‘qituvchilariga namoyish etilmoqda.