Urganch davlat universitetida yangi Axborot resurs markazi barpo etilmoqda

Urganch davlat universitetining Urganch shahar H.Olimjon ko‘chasida joylashgan asosiy hududida yangi Axborot resurs markazining qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu Axborot resurs markazi binosi asosan 2 blokdan, jumladan, 5 qavatli 500 o‘rinli kutubxona binosi hamda 506 o‘ringa mo‘ljallangan faollar zalidan iborat.

Kutubxonaning har bir qavatida 66 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv zallari, adabiyotlarni saqlash, qabul qilish va qayd qilish xonalari, kutubxonalararo abonent va ma'lumot-bibliografiya bo'limi, nogironlar uchun onlayn sinf xonalari, tajriba xonasi, internet tizimli kompyuter xonalari, book kafe va yana boshqa zaruriy xonalar bo‘lishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, universitet muzeyi ham mazkur binoda joylashishi belgilanmoqda.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida yangi Axborot resurs markazi barpo etilmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universitetida yangi Axborot resurs markazi barpo etilmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universitetida yangi Axborot resurs markazi barpo etilmoqda