Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarning tashkil qilinishiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

Joriy yil 19-sentabr sanasida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev  birinchi prorektor D.Ibadullayev hamda rektor maslahatchisi R.Sharipov bilan birgalikda barcha fakultetlarning xotin-qizlar boʻyicha dekan maslahatchilari, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari va tyutorlarga kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda universitetda maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarning tashkil qilinishi, talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, xodimlar va talabalarning universitet ichki tartib-qoidalari va Odob-axloq kodeksiga amal qilishi singari masalalar muhokama etilib, zarur tavsiyalar berildi. Bu borada yigʻilish ishtirokchilarining ham fikrlari tinglandi.

urdu.uz, Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarning tashkil qilinishiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi