Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Xorazm viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalarining 2023/2024 o‘quv yiliga tayyorligi hamda o‘quv jarayonining boshlanganlik holatini o‘rganish maqsadida oliygohlarda boʻlmoqdalar.
Bugun, 20-sentabr kuni Respublika ishchi guruhi aʼzosi Salohiddin Sanoqulov Urganch davlat universitetida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Oʻrganishlar mobaynida muassasaning yangi o‘quv yilini samarali boshlash bo‘yicha eng tezkor chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi, o‘quv-uslubiy ishlar, ilmiy-tadqiqot ishlari, ma’naviy - ma’rifiy jarayonlar, moddiy-texnik baza, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, talabalarni turar joy bilan qamrab olish holati, 1-kursga qabul qilingan talabalarning oliy ta’lim muassasasi, kredit-modul tizimi, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirilganligi, o‘quv auditoriyalari, kutubxona, faollar zali, oshxona va boshqa obyektlarning talabalarga xizmat ko‘rsatish uchun tayyorligi, ta’lim jarayonining o‘quv-me’yoriy hujjatlarga muvofiq tashkil etilganligi koʻzdan kechirilmoqda.
Ishchi guruhning oʻrganish ishlari davom etmoqda.