Joriy yilning 12-sentabr sanasida UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchilari D.Kuryozova va D.Sultonovalar Xorazm teleradiokompaniyasining "Til – millat ko‘zgusi" nomli radioeshittirishida o‘zlarining o‘zbek tiliga doir qarashlari bilan chiqish qildilar.
Radioeshittirish davomida tilning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari, bugungi kunda o'zbek tilining rivojlanishi yo'lida amalga oshirilayotgan harakatlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.